To‘qqiz yoshli qizaloq sohildan bahaybat naxang tishini topib oldi

Topilma 2,6 million yil avval yashagan uzunligi 15,24 metrga teng baliqqa tegishli - tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. To‘qqiz yoshli Molli Sempson megalodon akulaga tegishli 12,7 sm uzunlikdagi tishni topib oldi. Bu haqda RIA Novosti MailOnline’ga tayanib xabar berdi.
To‘qqiz yoshli qizaloq akulaning tishini AQShning Merilend shtatidagi sohildan topib oldi. Mollining onasi qizi allaqachon 400 dan ortiq akula tishlarni topib olganini aydi. Ammo bu boshqalardan kattaroq.
Ma’lum bo‘lishicha, u 2,6 million yil avval yashagan uzunligi 15,24 metrga teng baliqqa tegishli. Topilma Kalvert dengiz muzeyiga topshirildi.
Ma’lumot uchun, megalodon Skumbriya akulasining yo‘qolib ketgan turi bo‘lib, u taxminan 23—3,6 ming yilliklar orasida yashagan suv jonzoti hisoblanadi. Naxanglarning ushbu ulkan qarindoshi erta Miozen davridan toki Pliotsengacha bo‘lgan davrlar oralig‘ida mavjud bo‘lgan.
Ushbu naxangning maksimal hajmi haligacha aniqlanmagan. Uning borligiga isbot undan qolgan topilma qoldiq suyaklardir. Megalodon tanasi o‘lchamini tishlariga qarab aniqlashga harakat qilishadi. Uning tishlari qalin va mustahkam bo‘lib, o‘lja suyagini sindirish uchun mo‘ljallangan.