Rossiya bu yil uchta yangi avlod sun’iy yo‘ldoshini uchiradi

Glavkosmos: Rossiya 2023-yilda uchta yangi avlod GLONASS sun’iy yo‘ldoshini uchiradi.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Rossiya bu yil GLONASS navigatsiya sun’iy yo‘ldoshlarining orbital turkumini uchta yangi avlod qurilmalari - ikkita “Glonass-K” va bitta “Glonass-K2” bilan yangilamoqchi. Bu haqda RIA Novosti “Glavkosmos”ga tayanib xabar berdi.
Quyidagi sun’iy yo‘ldosh va qurilmalar uchiriladi:
Ikkita “Glonass-K” va bitta “Glonass-K2” sun’iy yo‘ldoshlari;
Yerni masofadan turib zondlash qurilmalari “Kondor-FKA”, “Arktika-M”, “Obzor-R”, “Resurs-P”, “Electro-L”, ikkita "Meteor-M" va ikkita "Ionosfera".
Bundan tashqari, “Luna-25” stansiyasini ishga tushirish va orbitaga o‘nta nanosun’iy yo‘ldoshni chiqarish rejalashtirilgan.
Shuningdek, ma’lumotlarda “Angara” raketalari, jumladan bitta engil “Angara-1.2” va bitta og‘ir “Angara-A5” Plesesk kosmodromidan uchirilishi ko‘rsatilgan.
Qolaversa, Xalqaro kosmik stansiyaga boshqariladigan “Soyuz MS” kosmik kemasini ikki marta va “Progress MS” yuk mashinalarini to‘rt marta uchirilish ham rejalashtirilgan.