TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.
Qayd etilishicha, Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasiga ko‘ra, bu kecha 14:30 atrofida O‘zbekiston elektr tarmog‘idagi texnik nosozliklar tufayli sodir bo‘lgan.
Toshkent ularni zudlik bilan hal etar ekan, Kobul 75 MVt quvvatli Tojikiston energetikasiga, Taxor va Qunduz esa Turkmanistonga ulandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning yangi hukumati O‘zbekiston bilan 2023-yil uchun elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnoma “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasi tomonidan imzolangan.