Moskvadan Tojikistonga uchgan yo‘lovchi o‘z farzandini samolyotda dunyoga keltirdi

Samolyot yo‘lovchilari orasida uchayotgan neonatolog, ikkita akusher-hamshira va hatto rentgenolog tug‘ruq jarayonlarida ishtirok etgan. Natijada favqulodda qo‘nish talab etilmagan.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik.Moskvadan Tojikistonga uchayotgan yo‘lovchi o‘z farzandini parvoz vaqtida dunyoga keltirdi. Bu haqda “Ural Avialiniyasi” aviakompaniyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘lovchining tug‘ruq jarayoni “Ural Avialiniyasi” aviakompaniyasining "Jukovskiy-Xo‘jand” reysida amalga oshirildi.
Samalot havoga ko‘tarilgandan so‘ng yo‘lovchi qornida og‘riq sezgan va bu haqda ekipajga xabar bergan. Shundan so‘ng bort kuzatuvchi yo‘lovchilar orasidagi shifokorlarga murojaat qilgan.
“Mo‘jizani qaranki, bortda deyarli to‘laqonli tug‘ruqxona bor ekan: neonatolog, ikkita akusher-hamshira va hatto rentgenolog", deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, vaziyat tufayli favqulodda qo‘nish talab etilmagan. Shunday qilib, parvoz vaqti bo‘yi 46 santimetr, vazni 2,6 kilogramm bo‘lgan sog‘lom qizaloq tug‘ilish boshlanganidan bir soat o‘tib dunyoga keldi.
Na bortu "Uralskix avialiniy" rodilas devochka
Ona va bolani aeroportda tez yordam mashinasi kutib oldi. Hozirda ular shifoxonadan chiqarildi, ikkalasining ham ahvoli yaxshi.