Samarqanddan Sankt-Peterburgga uchayotgan samolyot Moskvaga yo‘naltirildi

Bortida 179 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot "Domodedovo"dagi muqobil aerodromiga qo‘ndi.
Sputnik
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Samarqanddan Sankt-Peterburgga uchayotgan samolyot Moskvaga borib qo‘ndi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.
Belgilangan aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti (bo‘ron) tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining “Samarqand — Sankt-Peterburg” yo‘nalishi bo‘yicha HY639 reysi Moskvaga yo‘naltirildi. Ekipaj "Domodedovo"dagi muqobil aerodromga borishga qaror qildi.
Bortida 179 yo‘lovchisi bo‘lgan Airbus A321 samolyoti Toshkent vaqti bilan soat 12:50 da aeroportga qo‘ndi.
Ma’lumot uchun, noqulay ob-havo sharoiti tufayli mahalliy va xalqaro yo‘nalishlardagi parvozlarning grafiklarida o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Asosan quyuq tuman mahalliy aeroportlar faoliyatini cheklab qo‘ymoqda.