Ekspertlar Varshavani Ukrainadai mojaroning tashabbuschilaridan biri deya hisoblashmoqda. Polsha bundan qanday manfaat ko‘radi – RIA Novostimaterialida.
O‘ziga zarar emas
Varshava Kiyevga 240 ta sobiq Ittifoqda ishlab chiqilgan T-72 PT-91 Twardy tanklari, BM-21 yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlari, Krab o‘ziyurar artilleriya o‘rnatmalarini jo‘natdi. Uch milliard yevroga. Bu Polsha YaIMning 0,5 foizi. Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlashda Estoniya va Latviya o‘z YaIMning 1,1 va 0,93 foizi bilan saxiylik qilib fidoiylik ko‘rsatishdi. Biroq, mutlaq ko‘rsatkichlar solishtirishib bo‘lmas darajada.
Varshava xarajat qilgan pullarning yarmidan ko‘pi aynan harbiy ta’minotga to‘g‘ri keladi – 1,8 milliard. Biroq, bundan Polsha zaiflashib qolmaydi. Ittifoqdoshlar, avvalo, AQSh yordam beradi. Masalan, o‘tgan hafta milliy mudofaa vazirligi 116 ta Abrams tanklari xarid qilingani bo‘yicha hisobot berdi. Ukrainaga esa Leopardning atigi bitta rotasi - 10-12 ta mashina yuborishmoqchi.
Bu Varshavaga Berlinni ortda qoldirib, Yevropaning Rossiya tahdididan asosiy haloskoriga aylanish imkonini beradi. Sholsning Germaniya mintaqaviy xavfsizlik kafolati sifatida harakat qilish rejasi haqidagi bayonotlari Bundesverning tayyor emasligi bilan to‘xtab turibdi.
Ma’lum bo‘lishicha, nemis harbiy texnikasining katta qismi foydalanish uchun yaroqsiz - masalan, ko‘plab Puma zirhli mashinalari va PzH 2000 o‘ziyurar artilleriya o‘rnatmalari. Harbiy-havo kuchlarida ham xuddi shunday muammo: “Tigr” zarba beruvchi vertolotlar, NH-90 ko‘p maqsadli vertolotlari va hatto eskirgan “Tornado” bombardimonchilarining yetishmasligi kuzatilmoqda.
Ukrainaga ta’minotlar tufayli snarfd yetishmasligi ham kuzatilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya ta’minlagan energoresurslar tanqisligi tufayli, harbiy sanoat ishlab chiqarishni keraklicha ko‘paytira olmaydi. Polsha esa bunday muammolarga duch kelmagan.
G‘arbga yo‘nalish
Varshavani ancha paytlardan buyon faol qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda. 1989-yillardanoq Polsha Vashingtonga yaqinlashish kursini belgilab olgan. Bunga esa nisbatan og‘riqsiz, -boshqa sobiq Sovet mamlakatlari bilan taqqoslaganda minimum -iqtisodiy transformatsiya sabab bo‘lgan.
To‘g‘ri, NATO borasida o‘sha payti hech nima deyilmagan. Siyosatchilar Yevroittifoq xavfsizlik tizimiga a’zo bo‘lish- maksimum ish ekanligini doim uqtirishgan. Biroq, 1999-yilda Polsha Shimoliy Atlantika blokiga a’zo bo‘ldi.
Shundan buyon u NATOning “sharqiy flangi”. Mamlakatda alyansning beshta va AQShning o‘n beshta bazasi bor. Pentagon yana ikkita baza ochishni rejalashtirmoqda.
Polyakcha militarizatsiya
1990 yillar avvalida Polshada 400 000 kishilik armiya bo‘lib, mamlakat sovet texnikasining katta parki: 700 ga yaqin T-72, yuzlab zirhli transport vositalari, o‘nlab Mi-2, Mi-8 va Mi-24 vertolotlariga ega bo‘lgan:
Keyinchalik Qurolli Kuchlar 2013-yilga kelib 120 ming kishigacha.kamaytirildi. Bunga harbiy xizmatning shartnomaviy turiga o‘tish sabab bo‘lgan.
Parallel ravishda armiya modernizatsiyalashgan. Sovet texnikalarining bir qismi zamonaviy modellarga almashtirilib, omborlarga jo‘natildi. Qurollar safida qolgan T-72 tanklariga, 200 dan ortiq PT-91 Twardylar qo‘shildi. Bu sovet mashinasining mahalliy modifikatsiyasi hisoblanadi. Keyinroq turli modifikatsiyadagi qariyb 250 ta Leopard 2 va 30 ta Abramslar kiritildi.
O‘ziyurar artilleriya ham ko‘paytirildi - birinchi navbatda Polshaning o‘zida ishlab chiqariladigan 155 mm gaubitsali AHS Krab hisobiga.
O‘tgan yili Polsha hukumati yangi ta’minotchi – Janubiy Koreya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Seul bilan juda ko‘plab texnikalar yetkazishga shartnomalar imzolandi.
1 mingta K2 Black Panthertanklari
600 dan ortiq K9gaubitsalari
3 ta eskadron FA-50 qiruvchilari.
Ammo bu bilan cheklanib qolishmadi. Mart oyida prezident Andjey Duda “mamlakat mudofaasi to‘g‘risida” qonun imzoladi. Unga ko‘ra, 2023 harbiy xarajatlari mamlakat YaIMning 3 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari, armiya askarlari soni ham ikki barobarga - 300 ming kishiga ko‘patiriladi. Ulardan 250 nafari professional harbiylar bo‘lsa, 50 ming nafari hududiy mudofaa jangchilari.
Zaxiradagilar soni ham ko‘paytiriladi. Ushbu chora-tadbir ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Bahorda hukumat 200 mingtacha fuqaroni harbiy xizmatga chaqirmoqchi.
“Rossiya tahdidlardan asraydigan yangi Germaniyaga aylanish - tezda sodir bo‘ladigan jarayon emas, xarbiy xizmatga chaqiruv qarori esa - ancha aniq tadbir, uni amalga oshirish osonroq. Bularning barchasi aslida mashg‘ulotlar deya yashirib, G‘arbiy Ukrainaga qo‘shin kiritishmoqchi ekanliklarini anglatadi”, - deydi harbiy fanlar doktori Konstantin Sivkov.
Bunday militarizatsiya Polshaga nafaqat o‘z xavfsizligini kuchaytirish imkonini beradi, balki avval Germaniyaga mansub bo‘lgan “Yevropa qalqoni” roliga da’vogarlikka zamin yaratadi. Agar Varshava uddalasa, harbiy bonuslardan so‘ng, siyosiy bonuslar ham paydo bo‘ladi va qit’ada kuchlar muvozanatiga katta ta’sir qiladi.