TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi “Bashir” qishlog‘i turizm qishlog‘iga aylantirilmoqda. Bu yil qishloqqa keluvchi sayyohlar sonini 700 mingga yetkazish rejalashtirilgan, deya xabar berdi Madaniyat va turizm vazirligi.
Qayd etilishicha, “Hazrati Bashir” qishlog‘i Qashqadaryo darosi bo‘yida joylashgan. Hozirda qishloqda 20 dan ziyod oilaviy mehmon uyi faoliyat yuritmoqda. Qishloqda ziyorat turizmi, ekoturizm va agroturizm rivojlangan.
U yerda “Hazrati Bashir” ziyoratgohi joylashgan. Ziyoratgoh nomi shu joyda yashab o‘tgan avliyo Hazrati Sulton Said Ahmad Bashir (1368-1464) nomi bilan bog‘liq.
“Hazrati Bashir” qishlog‘i
© Madaniyat va turizm vazirligi
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili “Hazrati Bashir” ziyoratgohiga 400 000 nafardan ortiq mahalliy va xorijiy sayyoh tashrif buyurgan.
“Hazrati Bashir” qishlog‘i
© Madaniyat va turizm vazirligi
Qashqadaryoda yana bir "Varganza" qishlog‘i viloyatdagi birinchi agroturizm qishlog‘i hisoblanadi. Bu yerda 2019-yilda birinchi marta "Anor" xalqaro agroturizm festivali bo‘lib o‘tgan va qishloqqa "agroturizm qishlog‘i" maqomi berilgan.