Harbiy ekspert Aleksandr Xrolenko Sputnik bilan bo‘lgan suhbatda nima uchun O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyodagi eng kuchli ekanini tushuntirib berdi.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli kuchlari ko‘plab ko‘rsatgichlar bo‘yicha darhaqiqat, Markaziy Osiyoda yetakchi. Bu yerda gap nafaqat askarlar soni - o‘rtacha 55 ming, balkim Qurolli Kuchlar sifati haqida ham ketmoqda. Bu askarlarni tayyorlash, zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlash va yuqori texnologiyali kelajak tomon intilishni anglatadi.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli kuchlari ko‘plab ko‘rsatgichlar bo‘yicha darhaqiqat, Markaziy Osiyoda yetakchi. Bu yerda gap nafaqat askarlar soni - o‘rtacha 55 ming, balkim Qurolli Kuchlar sifati haqida ham ketmoqda. Bu askarlarni tayyorlash, zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlash va yuqori texnologiyali kelajak tomon intilishni anglatadi.
"Menimcha, bu muvaffaqiyatning ildizi 1917-yillarga borib taqaladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev armiyaning o‘ta muhim rolini to‘g‘ri tushungan deb o‘ylayman.
Armiya bu - millatni jipslashtiruvchi tashkilot va u birinchi navbatda avlodlarda vatanparvarlikni tarbiyalaydi, muayan qarashlarga ega bo‘lgan va o‘z oldigan aniq maqsadlar qo‘yuvchi bo‘lajak avlod aratadi. Mana shularni tushungan holda, prezident armiyaga munosabatini o‘zgartirdi va 2017-yilda katta islohot boshladi.
Bu ilohotlar esa O‘zbekiston armiyasiga mutlaq boshqa darajadagi moliyalashtirishni olib keldi. Shuningdek Rossiya bilan hamkorlik darajasi (Rossiyaning harbiy sohada yordami) ham oshdi. O‘zbekiston turli davlatlardan qurol-aslaha xarid qilishiga qaramasdan, Rossiya respublikaning eng yirik qurol aslaha yetkazib beruvchisi bo‘lib qolmoqda.
2017 yilda O‘zbekiston Rossiyadan 12ta MI-35M hujumchi vertolotlari, bir necha og‘ir Su-30 qiruvchi samolyotlarm, BTRlar, "Tayfun" va "Tigr" zirhli mashinalarini sotib oldi.
Ayni shu vaqtdan boshlab O‘zbekiston, KXShT a’zosi bo‘lmasa ham, qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarida ham faol ishtirok eta boshladi. Ushbu mashqlar bugunga qadar faol davom etib kelmoqda. MDHning ko‘plab davlatlarida O‘zbekiston maxsus bo‘linmalarining yuqori malakasini yaxshi bilishadi.
Menimcha buning tarixiy sabablari ham bor. Ayrim millatlar tinchliksevarroq, ayrimlari jangovarroq bo‘ladi. O‘zbeklar har holda Amir Temur avlodlari, shu sababli ham ularning jangovar ruhi juda yuqori bo‘lishi ajab emas", - dedi Xrolenko.
Sputnik muxbiri Tatyana Gavrilovaning harbiy ekspert bilan to‘liq intervyusini videolavhamizda tomosha qiling.
Yaqinda e’lon qilingan Global Fire Power reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng mudofaaviy kuch sifatida tan olingan. Shu bilan birga, respublika bir necha yil ketma-ket yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.