O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda

Shu yilning 1-yanvar holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Shu yilning 1-yanvar holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etdi.
Mamlakat aholisi o‘tgan yilda 753,6 ming kishiga ko‘paygan. Aholi har bir oyda o‘rtacha 62,8 ming kishiga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni o‘tgan yil dekabr holatiga 36 milliondan oshgan edi. Aholining 18,1 mln nafarini erkaklar, 17,9 mln nafarini ayollar tashkil etgan. FHDYo organlari tomonidan 2022-yil davomida respublika bo‘yicha 939 046 ta bolalarning tug‘ilish qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 12 826 taga ko‘p.