TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Bugundan "Buxoro – Toshkent" yo‘nalishidagi poyezd "Malik" bekatida to‘xtatildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Buxoro – Toshkent" yo‘nalishidagi 765-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harkatlanuvchi elektropoyezdida anomal sovuq ob-havo sababli nosozlik yuzaga kelgan. Poyezd "Malik" bekatida to‘xtatildi.
Yo‘lovchilarni manzilga xavfsiz yetkazib kelish maqsadida zahira “Afrosiyob” elektrpoyezdi jo‘natildi.
Ma’lumot uchun, mamlakatda sovuq ob-havo sharoitida soha xodimlari tomonidan temir yo‘l harakati xavsizligini ta’minlash maqsadida temir yo‘llar, strelkali o‘tkazgichlar, elektr tarmoqlari, svetaforlar, temir yo‘l hududlarini qo‘riqlash punktlari, qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalari holati ko‘zdan kechirilmoqda.