Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Volgogradni Stalingrad deb o‘zgartirish taklif qilindi – video

Shaharga Stalingrad nomini berish rossiyaliklarga Ulug‘ Vatan urushida erishilgan buyuk g‘alabani eslatib turadi.
Sputnik
TOShKENT, 12 yanv - Sputnik. Maxsus operatsiyada ishtirok etayotgan ko‘ngilli askarlardan bir nechasi Rossiyaning Volgograd shahri nomini uning avvalgisi – Stalingradga o‘zgartirishni tashabbusi bilan chiqishdi.
RIA Novosti tarqatgan videolavhala bir necha harbiy kiyimli jangchilar bu haqida o‘z fikrini bildirgan. Harbiylar aytishiga ko‘ra, shaharga Stalingrad nomini berish rossiyaliklarga Ulug‘ Vatan urushi yillari janglarida qurbon bo‘lganlarning xotirasini shod etadi va bugungi yoshlarga Stalingrad jangida erishilgan buyuk g‘alabani eslatib turadi.
Ma’lumot uchun, bugungi Volgograd shahri 1925 – 1961-yillarda Stalingrad nomida bo‘lgan. Ulug‘ Vatan urushi yillarda nemis armiyasi Stalingradda o‘zining eng yirik mag‘lubiyatiga uchragan. Sovet qo‘shinlari shahar atrofida ulkan halqa tashkil qilishga muvaffaq bo‘lishgan. 1943-yilning 31-yanvar kuni qurshovda qolgan nemis generali Paulyus taslim bo‘lgan. Stalingrad jangida nemislar va ularning ittifoqchilari (Italiya, Ruminiya) umumiy yo‘qotishlari 1,5 mln. kishini tashkil qilgan, 91 nemis askarlari asirga olingan.