Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Soledarda Ukraina QKning 5 taga yaqin brigadasi yo‘q qilindi - DXR rasmiysi

Ta’kidlanishicha, bu yo‘qotishlar orasida yollanma askarlar yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Soledarda Ukraina Qurolli kuchlarining beshga yaqin brigadasi yo‘q qilindi, ammo bu raqamga shaharda juda ko‘p bo‘lgan yollanma askarlar kirmaydi. Bu haqda Donesk xalq respublikasi rahbari vazifasini bajaruvchining maslahatchisi Yan Gagin ma’lum qildi.

“Beshga yaqin brigada yo‘q qilindi”, - dedi Gagin “Rossiya 1” telekanali efirida ukrainalik harbiylarning Soledardagi yo‘qotishlari haqidagi savolga javob berar ekan.

Ta’kidlanishicha, bu yo‘qotishlar orasida juda ko‘p bo‘lgan yollanma askarlar yo‘q. Gaginning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylarning ma’lum qismi hamon shaharda qolmoqda.
“Menimcha, bu vaqt masalasi va bu masala yaqin kelajakda, tom ma’noda kunlarda hal qilinadi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharda qolgan ukrainalik harbiy xizmatchilarning ahvoli yaxshi emas, ular ko‘pincha yarador yoki kasal holatda topilmoqda.
Ma’lumot uchun, Artomovsk va Soledar uchun shiddatli janglar davom etmoqda.
Pushilin DXRni ozod qilishda keskin o‘zgarish payti kelganini ma’lum qildi
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.