TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston oltin zaxiralari statistik ko‘rsatkichlarning butun davri uchun rekord o‘rnatdi. Bu haqda Respublika Markaziy banki e’lon qilgan ma’lumotlarda aks ettirilgan.
O‘tgan yili mamlakat oltinni faol sotib olib, dunyodagi eng yirik qimmatbaho metall xaridorlaridan biriga aylandi. Bu, ayniqsa, dunyodagi hozirgi beqaror iqtisodiy vaziyatda nihoyatda foydali, deydi moliyaviy tahlilchi Dmitriy Golubovskiy Sputnik muxbiriga bergan intervyusida.
“Hozirgi vaziyatda oltin sotib olish, birinchidan, zaxiralarni diversifikatsiya qilish, ikkinchidan, kelajakdagi o‘sish uchun pul ishlashning bir yo‘lidir. Bu mutlaqo to‘g‘ri strategiya. Milliy valyuta barqarorligi uchun zaxiralar zarur”, - deb tushuntirdi ekspert.
Dmitriy Golubovskiyning ta’kidlashicha, hozirgi moliyaviy beqarorlik sharoitida ko‘plab davlatlar Amerika valyutasining qadrsizlanishidan aziyat chekmaslik uchun dollardan xalos bo‘lishga harakat qilmoqda.
“Dunyo inqirozga yuz tutmoqda, Amerikada retsessiya (turg‘unlik) muqarrar. Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, turg‘unlik davrida oltinning narxi ko‘tariladi. O‘tgan yili Osiyo markaziy banklari uchun xos bo‘lgan umumiy tendensiya - dollarni sotish, oltinni sotib olishdir. Shunday qilib, ular kelajakda AQSh valyutasining devalvatsiyasidan va inflyatsiya yuqori darajada saqlanib qolishidan sug‘urta qilmoqdalar ", - deydi u.
Xalqaro bozorda oltin kotirovkalari o‘sishda davom etmoqda - oltinning boshida uning fucherslari unsiya uchun 1850 dollardan oshdi. O‘zbekistonning oltin zaxiralari hozirda 23,06 milliard dollarni tashkil etadi, bu Markaziy bank statistikasi e’lon qilingan butun vaqt davomida rekord ko‘rsatkichdir.