TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Lugansk xalq respublikasida (LXR) Lugansk shahrida terakt uyushtirishni rejalashtirgan ukrainalik qo‘poruvchilarning maxfiy joyini aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, maxfiy joydan bir nechta pulemot, granatomot, turli kalibrli patronlar, jumladan, xorijda ishlab chiqilgan patronlar topib olingan.
Musodara qilinishi kerak bo‘lmagan o‘q-dorilar joyida yo‘q qilingan.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, hozir terrorchilik faoliyatiga aloqador shaxslar aniqlanmoqda.