Leningrad qamali: bugun muvaffaqiyatli “Uchqun” operatsiyasi boshlangan kun

Bundan roppa-rosa 80-yil avval, 1943-yil 12-yanvar kuni Leningrad qamalini yorib o‘tish “Uchqun” operatsiyasi boshlangan.
Sputnik
1941 yilning 8-sentabr kuni Leningrad qamali boshlangan edi. Bu Ikkinchi Jahon urushi tarixining eng muhim janglaridan biri bo‘ldi. Leningrad qamali 872 kun davom etgan. Bu davrda, turli manbalarga ko‘ra, 300 mingdan 1,5 milliongacha odam halok bo‘lgan. Ularning 97 foizi ochlikdan nobud bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar mavjud.
1943 yil 12-yanvar kuni Leningrad qamalini yorib o‘tishga qaratilgan "Uchqun" operatsiyasi boshlangan. Leningrad va Volxovo frontlari qo‘shinlari Ladoga ko‘li janubidagi dushman nemislar qismini tor-mor etgan.
1943 yil 18-yanvar kuni Leningrad qamali yorib o‘tilgan Biroq, bir yildan so‘ng, 1944-yil 27-yanvarida shahar qamaldan to‘liq ozod etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qamalda qolgan Leningraddan 5000 dan ortiq bolalar, zavodlar, universitetlar, ilmiy muassasalar Toshkentga evakuatsiya qilingan.
Toshkentlik arxeolog Leningrad qamali dahshatlari haqida
Toshkentda Leningrad qamalidan evakuatsiya qilinganlarga boshpana bergan mahalliy aholi xotirasiga yodgorlik o‘rnatish ishlari boshlangan.