Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Kreml Zaporojye AES atrofidagi vaziyatni xavotirli deb baholadi

Kreml Zaporojye atom elektr stansiyasi atrofidagi vaziyatni xavotirli deb baholamoqda, deydi Peskov.
Sputnik
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Kreml Zaporojye atom elektr stansiyasi atrofidagi vaziyatni Ukraina tomonidan inshootning o‘qqa tutilishi davom etayotgani sababli xavotirli deb baholamoqda, deydi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

“Hali ham tashvishli, Ukraina tomoni hali ham o‘qqa tutishi mumkin deb hisoblanmoqda”, - deydi u.

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) rahbari Rafael Grossi kelasi hafta Ukrainaga tashrif buyurishini ma’lum qilgandi. Uning Rossiyaga ham tashrif buyurishi kutilmoqda. Peskovning qayd etishicha, Grossi bilan uchrashuv Vladimir Putinning rejasida yo‘q.
Zaporojye atom elektr stansiyasi Dneprning chap qirg‘og‘ida Energodar yaqinida joylashgan. Bu bloklar soni va o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi - har biri bir gigavatt quvvatga ega oltita energiya bloki mavjud. 2022-yilning mart oyidan boshlab u Rossiya harbiylari nazorati ostida. Ukraina harbiylari Energodar va shaharga tutash obyekt hududini muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.