Amudaryo qisman muzlab qoldi - video

Mo‘ynoq tumanidan o‘tuvchi "Qiziljar" gidrologik postida Amudaryo suvi "muzlash" holatiga o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekistonga kirib kelgan anomal ob-havo sababli Amudaryo qisman muzlab qoldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston gidrometeorologiya boshqarmasi xabar berdi.
Amudaryoning Qoraqalpog‘istondan o‘tgan qismi muzlagan. Mo‘ynoq tumanidan o‘tuvchi "Qiziljar" gidrologik postida Amudaryo suvi "muzlash" holatiga o‘tdi. Bu yerda havo harorati -30 darajagacha sovuq bo‘lmoqda.
Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasining ma’lum qilishicha, bunday ob-havo sharoitida yovvoyi hayvonlarning ozuqa topish va tabiiy sharoitlarda suv ichish imkoniyatlari pasayadi.
Amudaryoning qisman muzlagan joylari Xorazm milliy tabiat bog‘i xodimlari muzlarni teshib, yovvoyi hayvon va qushlarning suv ichishlari uchun imkoniyat yaratishmoqda.
Amudaryo