TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. 2023 yil 23-24 yanvar kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat TIV xabar qildi.
O‘zbekistonning mazkur tuzilmaga raisligi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirda tashqi ishlar vazirlari boshchiligidagi IHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari, shuningdek, tashkilot bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etadi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 1985-yilda tashkil etilgan.
Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. O‘zbekiston IHTga 1992-yilda qo‘shilgan.