Toshkent viloyatidagi tekstil sexida yong‘in yuz berdi

Hodisa oqibatida tan jarohat olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
Sputnik
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Bugun Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan tekstil sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Tumandagi “Gulzor” MFY, Yoshlik ko‘chasida joylashgan tekstil sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga asosan yong‘in qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib borishmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in sexning ikkinchi qavatida kelib chiqqan, vaziyat nazorat ostida.
Hodisa oqibatida tan jarohat olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
Vazirlik yong‘in yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini ta’kidlagan.