TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Butun Donesk xalq respublikasi (DXR) hududini ozod qilishda keskin o‘zgarish payti keldi. Bu haqda respublika rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin ma’lum qildi.
“Solidarni ozod qilish Artyomovsk va Severskni ozod qilish uchun imkoniyatlarni bir necha baravarga oshiradi. Bu, birinchidan, ukraina propagandasi og‘iz ko‘pirtirib gapirgan yengilmaslik belgilarining navbatdagi parchalanishiga olib keladi. Ikkinchidan, bu Slavansk va Kramatorsk plasdarmiga uzoq kutilgan chiqish. Bu haqiqatdan butun DXRni ozod qilishga tayyorgarlikning keskin burilishi”, - dedi Pushilin"Solovyev Live" efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Soledar, Artyomovsk va Seversk ozod qilingandan so‘ng dushmanning front chizig‘i barbod bo‘ladi. Bu tomonlardan Gorlovo va Slavansk yo‘nalishlari bo‘ylab harakat qilishga imkon beradi.
“Muayan bosqichlarda va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro hamkorlikda uzoq muddat mustahkamlanib turgan dushman fronti qulashi mumkin”, - deya tushuntirdi respublika rahbari vazifasini bajaruvchi.
Kecha kechqurun “Vagner” jangchilari Soledarni nazoratga olishgani ma’lum bo‘lgan edi. Xususiy harbiy kompaniya asoschisi Yevgeniy Prigojinning ma’lum qilishicha, shaharda tashlab ketilgan Ukraina Qurolli kuchlarining bo‘linmalari qurshovga olingan.
Soledar Kiyev uchun strategik ahamiyatga ega, u Artyomovsk (Baxmut) — Seversk mudofaa chizig‘i markazida joylashgan. Bu yerda ukrainalik harbiylar kuchli mudofaa istehkomini ko‘tarishgan edi. Solerdarning ozod qilinishi Artyomovsk va Seversk o‘rtasidagi ta’minlash yo‘lini to‘sib qo‘yishga hamda Artyomovskni shimol tomondan qurshab olishga imkon beradi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.