O‘zbekiston eTIR orqali Ozarbayjonga sarxil va quruq mevalar jo‘natdi

Toshkent xalqaro aeroportidan Ozarbayjonning Baku aeroportiga 4 ta konteynerdan iborat birinchi eTIR tashuvi amalga oshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekiston eTIR orqali Ozarbayjonga sarxil va quruq mevalar jo‘natdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Toshkent xalqaro aeroportidan Ozarbayjonning Baku aeroportiga sarxil va quruq mevalar ortilgan 4 ta konteynerdan iborat birinchi eTIR (multimodal) tashuvi amalga oshirildi.
eTIR
Qayd etilishicha, hozirga qadar faqat O‘zbekiston, Ozarbayjon va Gruziya eTIR xalqaro tizimiga integratsiyani to‘liq yakuniga yetkazgan. Tunis, Pokiston va Turkiya bu yo‘nalishdagi ishlarni hali davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston ilk bor eTIR jarayoni orqali xalqaro yuk tashishni amalga oshirgan edi. Dastlabki partiya yuk Toshkentdan Chimkent shahriga jo‘natilib, Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda ikki davlab bojxona organlari ham tranzit garantiyalarini tez va muvaffaqiyatli rasmiylashtirishgan.
Ma’lumot uchun, eTIR - Avtomobil transportida xalqaro yo‘nalishda yuk tashishda elektron hujjatlar tizimidir. Ushbu tizim xalqaro yuk tashish tizimining barcha ishtirokchilari: yuk jo‘natuvchi, tashuvchi, qabul qiluvchi va bojxona organlariga katta qulaylik va tezkorlikni ta’minlaydi. Qog‘oz hujjatlar hajmini keskin kamaytiradi.