TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi trassada buzilib qolgan mikroavtobusda muzlab qolgan 19 nafar O‘zbekiston fuqarosini qutqarib olindi. Bu haqda viloyat IIV boshqarmasi xabar berdi.
Seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 larda Yagona navbatchi dispetcherlik xizmatidan militsiyaga Moskvadan O‘zbekistonga ketayotgan mikroavtobus Navashinskiy tumanidagi trassada buzilib qolgani haqida ma’lumot kelib tushgan.
“Mikroavtobus salonida 19 kishi bo‘lgan, ularning barchasi qo‘shni davlat fuqarolari. Darhol muzlab qolgan odamlar aniqlangan. Odamlarni tashish uchun transport ajratgan Navashinskiy tumani ma’muriyati bilan hamkorlikda politsiya xodimlari xorijliklarni ichki ishlar bo‘limiga yetkazgan. Ularni joylashtirish masalasi hal qilinmoqda”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, seshanba kuni Nijegorod viloyatida havo harorati -40 darajagacha tushgan.