Bu qiziq

Organizmda kalsiy yetishmasligini qanday bilish mumkin

Kalsiy inson organizmi uchun muhim element bo‘lib, u asab tomirlarida impuls o‘tkazuvchanligini, mushaklar qisqarishini boshqarishda ishtirok etadi.
Sputnik
Kalsiy yetishmasligi tanada boshqa metabolik jarayonlarni ham izdan chiqarishi mumkin, deydi tibbiyot fanlari doktori Umida Rustamova.
Uning yetishmasligi suyaklar, tishlar, soch va tirnoqlar holatiga salbiy ta’sir etadi. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari rivojlanadi, immunitet zaiflashadi.
Ikkilamchi ta’siri:
asabiylik va fikr tarqoqligi;
ko‘p terlash;
tanada tez-tez titroq;
tez charchash;
mushaklar tortishishi;
qabziyat;
tirnoqlarda oq dog‘lar paydo bo‘lishi;
yurak urishining buzilishi;
tez-tez va kuchli bosh aylanishi;
mushak, bo‘g‘im va suyaklarda og‘riqlar kuzatiladi.
Ma’lumolarga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda dunyoda koronavirusning og‘ir shakli bilan kasallanib sog‘aygan aksariyat bemorlarda tayanch-harakat tizimi xastaliklari ko‘p uchrayapti. Bunga esa aynan kalsiy yetishmasligi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Sut, sut mahsulotlari, pishloq, yong‘oq va quruq mevalar, baliq konservalari, dukkakli mahsulotlar (mosh, loviya, yasmiq, no‘xat) tarkibida kalsiy moddasi ko‘p.