TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. G‘arb va ukrainalik rasmiylar va tahlilchilar Ukraina qo‘shinlarini yangi mudofaa chizig‘iga chekinish uchun Artomovskni tark etishga chaqirmoqda. Bu haqda “Wall Street Journal” gazetasi yozmoqda.
Nashrning yozishicha, bir qator g‘arb va ukrainalik rasmiylar, askarlar va tahlilchilar Kiyev “Rossiya shartlariga ko‘ra” shahar uchun jangga jalb qilinishiga yo‘l qo‘yganidan tobora ko‘proq xavotirda. Qayd etilishicha, shu tufayli Ukraina qo‘shinlari rejalashtirilgan bahorgi hujum uchun zarur bo‘lgan kuchlarni yo‘qotgan.
“Ulardan ba’zilari Baxmut (Artomovsk) dan g‘arbdagi balandlikda yangi mudofaa chizig‘iga chekinish mantiqiy ekanligini ta’kidlamoqda”, deyiladi xabarda.
Artomovsk shahri (ukraincha nomi - Baxmut) DXRning Kiyev tomonidan nazorat qilinadigan qismida, yirik Gorlovka shahridan shimolda joylashgan va Donbassdagi Ukraina qo‘shinlari guruhini ta’minlash uchun muhim transport markazidir. Bu shahar orqali avtomobil va temir yo‘llar tarmog‘i o‘tadi. Artomovsk va Soledar uchun shiddatli janglar davom etmoqda.