TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Kecha tunda Toshkent yo‘llarini qordan tozalash maqsadida qum-tuz aralashmasi sepildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘llarini qordan tozalash ishlari maxsus texnikalar yordamida amalga oshirilib, muzlamalar hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida yo‘lga qum-tuz aralashmasi sepildi.
Toshkent viloyatida ham yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepilib, muzlamalarni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.
YHXX barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘ragan.