Toshkent shahrining 2023-yil uchun budjeti tasdiqlandi

Toshkent budjeti harajatlari 7,73 trln so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Toshkent shahrining 2023-yil budjeti tasdiqlandi. Bu haqda Halq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 4-yanvar kuni tasdiqlagan qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, Toshkent budjeti xarajatlari 7,73 trln so‘m (7 739 304,4) miqdorida prognoz qilinmoqda.
Xarajatlar prognozi:
Toshkent shahri - 6, 21 trln so‘m;
Shayxontohur tumani – 118,01 mlrd so‘m;
Uchtepa tumani – 124, 63 mlrd so‘m;
Chilonzor tumani – 127, 65 mlrd so‘m;
Mirobod tumani – 93, 69 mlrd so‘m;
Mirzo Ulug‘bek tumani – 137, 09 mlrd so‘m;
Yakkasaroy tumani – 73, 00 mlrd so‘m;
Olmazor tumani - 133, 87 mlrd so‘m;
Yashnobod tumani – 136, 63 mlrd so‘m;
Sergeli tumani – 108, 64 mlrd so‘m;
Bektemir tumani – 60, 31 mlrd so‘m;
Yunusobod tumani – 139, 13 mlrd so‘m;
Yangihayot tumani – 71, 24 mlrd so‘m.
Pensionerlarning metropolitenda soat 10:00 dan 16:00 gacha bepul harakatlanishidan ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun 141,79 milliard so‘m ajratiladi.
Jamoat transportida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar va yuk (bagaj)ni tashish va shahar jamoat transportda bepul yurish huquqini beradigan yagona guvohnomalar bo‘yicha yo‘qotilgan daromadlarni saqlash uchun 235,6 mlrd so‘m yo‘naltirilmoqda.
"Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasidagi mablag‘larni jamoatchilik fikri asosida "Ochiq budjet" axborot portali orqali ishlatiladigan qismiga 309,05 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llarni ta’mirlashga 16,50 mlrd so‘m va ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalarini ta’mirlash va yangilash uchun 130,13 mlrd so‘m ajratiladi.