Rossiyada O‘zbekistonning 200 dan ortiq madaniy meros obyektlari topildi

Qayd etilishicha, akademiya mutaxassislari tadqiqot olib borgan va uzoq vaqt davomida o‘rganilmagan san’at obyektlarining boy kolleksiyasini topgan.
Sputnik
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Stroganov nomidagi Rossiya davlat san’at-sanoat akademiyasida O‘zbekiston madaniyatiga oid 200 dan ortiq artefaktlar topildi. Bu haqda Sputnik muxbiriga O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va targ‘ib qilish bo‘yicha Butunjahon jamiyati ma’lum qildi.
Butunjahon jamiyati ofisida Stroganov nomidagi akademiya san’at tarixi va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Kirill Gavrilin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. U topilmalar, shuningdek, O‘zbekiston bilan bog‘liq barcha artefaktlarni topish va aniqlash bo‘yicha ishlar bir necha oy davom etganini ma’lum qildi.

“Butunjahon jamiyati so‘rovi va Rossiya davlat Stroganov nomidagi davlat san’at-sanoat universiteti fondlarida olib borilgan tadqiqotlardan so‘ng bizda O‘zbekistondan 200 dan ortiq madaniy meros obyektlari borligi ma’lum bo‘ldi!”, - dedi professor Gavrilin.

Qayd etilishicha, akademiya mutaxassislari tadqiqot olib borgan va uzoq vaqt davomida o‘rganilmagan san’at obyektlarining boy kolleksiyasini topgan. Kolleksiyaning bir qismi universitetning filialida - SSSR respublikalaridan kelgan dekorativ san’at ustalari tahsil olgan Kalinin bilim yurtida ham saqlanadi. Ayrim obyektlar 1964-yilda Xorazm inqilobiy muzeyidan olib kelingan.

“Butunjahon jamiyati qo‘shma loyihasi doirasida biz o‘rganayotgan yana bir fondimiz bu Pushkin maydonidagi Rossiya Markaziy davlat zamonaviy tarix muzeyidir”, - deydi professor.

Ta’kidlanishicha, ularning fond kolleksiyasida ham o‘zbekcha buyumlar juda ko‘p.
O‘zbekistonda Qur’oni Karimning nodir qo‘lozmalaridan iborat kolleksiya shakllantirildi