Parhezshunos Svetlana Bronnikovaning aytishicha, qish faslida quyosh nurlarini kamayishi sababli organizmga D vitamini yetishmaydi. Biroq bu vitaminni kapsula va tabletkalarda qabul qilish salomatlik uchun zararli bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, shifokorning ta’kidlashicha, qishda organizmga A, S hamda V guruhi vitaminlari ham yetishmasligi mumkin. Buning uchun “har xil rangdagi likopcha” uslubi yordam beradi. Ya’ni bu turli rangdagi meva-sabzavotlarni iste’mol qilishni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, mutaxassis qishda ko‘proq past olovda, turli sabzavot, go‘shtdan tayyorlanadigan, qaynatilgan yoki dimlab pishirilgan taomlarni iste’mol qilishni tavsiya qildi.