Koronavirus asorati: ba’zi kishilarda suyak va bo‘g‘imlar yemirilishi kuzatilmoqda

Qayd etilishicha, bemorlar shifokor tavsiyasisiz, uy sharoitida turli antibiotik, gormon preparatlarini palapartish qo‘llagan. Oqibatda vaqt o‘tishi bilan suyaklarda yemirilish holatlari yuzaga kelmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Koronavirus asoratlari ba’zi bemorlarda suyak va bo‘g‘imlar yemirilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov ma’lum qildi.
SOVID-19ni boshdan kechirgan ba’zi bemorlarda son suyagi, yelka, tizza bo‘g‘imlarining yemirilishi bilan kechayotgani sir emas. Bu — dunyo olimlarining ilmiy xulosasi.
“Agar statistik tahlillarga murojaat qilsak, pandemiyagacha bo‘lgan davrdan to hozirgi kungacha mazkur xastalikka chalingan bemorlar soni 3-4 barobar ortganini ko‘ramiz. Oqibatda ushbu kasallikning og‘ir bosqichlarida yuqori texnologik operatsiya hisoblanadigan endoprotezlash amaliyotiga muhtoj bemorlar soni ko‘payib bormoqda”, deydi Murod Irismetov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi boshlanmasidan avval ham avaskulyar nekrozdan aziyat chekuvchilardan murojaatlar kelib tushgan. Ammo ularning soni hozirgi paytdagi singari ko‘p bo‘lmagan.
Tibbiyot markazida shunday dardga chalingan mingdan ortiq bemorlarning reyestri shakllantirilgan. Ularning aksariyati koronavirusga qarshi emlanmagani oqibatida kasallikni og‘ir o‘tkazgan.
Qayd etilishicha, bemorlar shifokor tavsiyasisiz, uy sharoitida turli antibiotik, gormon preparatlarini palapartish qo‘llagan. Oqibatda vaqt o‘tishi bilan suyaklarda yemirilish holatlari yuzaga kelmoqda.
2022 yilda 90.57 mlrd so‘mlik dori vositalarining yaroqsizligi aniqlangan