TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Ukraina mudofaa chizig‘ining ichkarisida joylashgan harbiy infratuzilmasi obyektlariga "Iskandar" operativ-taktik kompleksi raketasi bilan zarba berish aks etgan videoni namoyish etdi.
Videoda ushbe raketa majmuasining transport vositasi yaxshi niqoblanganini ko‘rish mumkin. Raketa tashuvchisining ustki tomoni radio to‘lqinlarini zararsizlantiradigan kimoviy tarkib bilan singdirilgan maxsus to‘r bilan yopilgan. Bunday material dushman radarlari signalini yutib yuboradi va mashinani skanerlashdan saqlaydi.
"Iskandar" majmuasi zarba berish uzoqligi 500km bo‘lib, u dushmanning front chizig‘i ortida joylashgan yer osti bunkerlari, qo‘mondonlik punktlari, aerodromlar va o‘q-dorilar omborlarini yo‘q qilish qobiliyatiga ega. Raketa dushmanning havo hujumidan mudofaa tizimini yengib o‘tish qobiliyatiga ega.
"Iskandar" majmualari front chizig‘idan ko‘p kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lsada, dushman ulardan kelayotgan xavfni doimo his qilib turadi. Raketa batalonlari kechayu kunduz jangovar navbatchilikda.