Ikki reys noqulay ob-havo tufayli muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi

O‘zbekistonda yoqqan qalin qor Dubay va Moskvadan uchib kelgan samolyotlar yo‘nalishini o‘zgartirdi - tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Bugun tongda O‘zbekistonga uchib kelgan samolyotlar noqulay ob-havo tufayli muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. Bu haqda "Uzbekistan airports" xabar berdi.
"Flydubai" aviakompaniyasining Dubay – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha FDB769 reysi aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Navoiy shahridagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Soat 05:04 da samolyot qaytib Samarqandga uchdi.
“Qanot Sharq” aviakompaniyasining HH756 Moskva – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyot aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi. Samarqand aerodromida qordan tozalash ishlari olib borilmoqda.