TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarini (BAA) 0:2 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Fujayradagi yig‘in doirasida BAA U-23 jamoasiga qarshi dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi.
Timur Kapadze shogirdlari bellashuvda ishonchli hisobda g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Otabek Jo‘raqo‘ziyev va Sarvar Sharipov mualliflik qildi.
Uchrashuv o‘rtoqlik maqomida bo‘lganligi sababli bosh murabbiy har ikkala bo‘limda 11 nafardan futbolchini maydonga tushirdi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining birinchi bo‘lim uchun tarkibi: Abduhamidillo Nabiyev, Eldor Begimov, Behzod Shamsiyev, Jaloliddin Sodiqov, Odilbek Abdumajitov, Abdurauf Bo‘riyev, Muhammadaziz Ibrohimov, Jasurbek Jaloliddinov, Alisher Odilov, Ruslanbek Jiyanov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining ikkinchi bo‘lim uchun tarkibi: Shukron Yuldashev, Asadbek Rahimjonov, Ahmadullo Muqumjonov, Shahzod Tairov, Sardor Mahmudov, Nodir Abduholiqov, Sarvar Sharipov, Farrux Muxtorov, Timur Mamasidiqov, Mahmud Jo‘raboyev, Muhammadali G‘iyosov.