TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. “UzAuto Motors” kompaniyasi hisob dasturiy ta’minotini amalga oshirish va mahsulot inventarizatsiyasi bilan bog‘liq ishlar yana bir necha kunga uzayishini ma’lum qildi.
4 yanvardan shu munosabat bilan shartnoma tuzish, avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatilgandi. Bu 4-5 kun davom etishi qayd etilgandi.
Kompaniya iste’molchilar yangi yil arafasida avtomobil yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan va vaqtinchalik cheklov uchun oldindan to‘lovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan so‘ng oldindan to‘lov qilishlari mumkinligini eslatgan. Avtomobil yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘z kuchida qoladi.
Eslatib o‘tamiz, “UzAuto Motors” dekabr oyida "Chevrolet Lacetti", "Cobalt", "Damas" va "Labo" avtomobillariga shartnomalar qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgan edi.