Ukraina neonatsistlari kuratorlarining rejalari katta – Patrushev

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Ukraina neonatsist jinoyatchilari muqarrar ravishda jazolanishini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Ukrainaning eng jirkanch neonatsistlarini xorijlik kuratorlari ularni boshqa mamlakatlarda davlat to‘ntarishi va qo‘poruvchilik uyushtirishga jalb qilishga urinish uchun qutqarib qolishi mumkin. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ma’lum qildi.

“Ukraina neonatsist jinoyatchilari muqarrar ravishda jazolanadi. Ammo ularning kuratorlari eng jirkanchlarini boshqa mamlakatlarda qo‘llash, jumladan, davlat to‘ntarishini tashkil qilish va qo‘poruvchilik vazifalarini bajarish uchun saqlab qolishga harakat qilishi mumkin”, - dedi u.

Patrushevning aytishicha, bunday sxema fashistlar Germaniyasining mag‘lubiyati paytida ishlab chiqilgan.

“1948 yilgacha AQShning Strategik xizmatlar boshqarmasi deb atalgan Markaziy razvedka boshqarmasi yangi nemis maxsus xizmatlarini yaratish uchun Abver va Gitler reyxining Imperator xavfsizligi boshqarmasining sobiq xodimlaridan faol foydalangan”, - deya qo‘shimcha qildi Patrushev.

Urushdan keyingi yillarda amerikaliklar natsist jinoyatchilarni qurollarning yangi turlarini, jumladan, ommaviy qirg‘in qurollari va ularni yetkazib berish vositalarini yaratishda faol ishtirok etgan.