Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina harbiylari Soledardan chekinmoqda – LXR militsiyasi rasmiy vakili

Harbiyning so‘zlariga ko‘ra, brigada qo‘mondonligi qo‘shinlarni iloji boricha yashirincha olib chiqishni rejalashtirgan, biroq bu shahardagi boshqa Ukraina bo‘linmalariga ham sezilmay qolmagan.
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Ukraina harbiylari Soledardan chekinmoqda va buni hatto ittifoqchilaridan ham yashirishga harakat qilmoqda. Bu haqda LXR xalq militsiyasining rasmiy vakili Ivan Filiponenko ma’lum qildi.

“Soledarda biz dushmanning shahar massivlaridan ommaviy chiqib ketishini qayd etmoqdamiz. Bu hududda Ukraina qo‘shinlarining mudofaa asosini 61-alohida mexanizatsiyalashgan brigada tashkil etgan. Va bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Lijnik chaqiruv belgili brigada komandiri kechqurun va tun davomida bo‘ysunuvchi batalon komandirlariga omon qolgan qismlarni shahardan olib chiqishni tashkil etish vazifasini qo‘ygan”, - dedi harbiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, brigada qo‘mondonligi qo‘shinlarni iloji boricha yashirincha olib chiqishni rejalashtirgan, biroq bu shahardagi boshqa Ukraina bo‘linmalariga ham sezilmay qolmagan.

“Bundan tashqari, o‘sha joyda, Soledarda, polshalik yollanma askarlarning bo‘linmalari tashlab ketilgan”, - deb xulosa qildi Filiponenko.

Artomovsk va Soledar uchun shiddatli janglar davom etmoqda.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.