TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. AQSh Kongressi Vakillar palatasi yangi spikeri (va AQSh davlat iyerarxiyasidagi uchinchi shaxs) Kevin Makkartining familiyasi “yangi makkartizm” haqidagi hazil-mutoyibalarga sabab bo‘lmoqda. Piyonista – senator familiyasi bilan ataladigan o‘sha eski makkartizm tutqanoq tutgan aksilkommunizm va jodugarlarni ovlashni anglatadi. Bunday rejaning keskinlashishi haqiqatdan ham AQSh-Xitoy munosabatlarini kutayotgan bo‘lishi mumkin, buni Makkartining o‘zi yuqori lavozimga saylanganidan keyin qilgan nutqida aniq aytdi.
Ammo bizni uning karyerasining yuqori parvozi faqat Rossiya-AQSh munosabatlari jihatidan ko‘proq qiziqtiradi. Bu munosabatlarda “yangi makkartizm” avvalroq, hatto maxsus operatsiyadan ancha ilgari boshlangan edi. Ammo, mehribon rossiyalik amerikachilar bizning holatimizda hammasi aksincha bo‘lgani haqida ko‘p gapirishadi: go‘yoki Makkartining tayinlanishi endi Vashington Ukraina Qurolli kuchlariga kamroq yordam berishi bilan bizning foydamizga hal bo‘lishi mumkin.
Bunday fikrlar uchun asoslar ham bor. Aftidan ancha jiddiy asoslar.
Vakillar palatasi budjet taqsimlash masalasida hal qiluvchi ovozga ega. Makkarti esa budjet xarajatlarini 130 milliard dollarga, jumladan, mudofaa xarajatlaridan 75 milliard dollarga qisqartirishga va’da berdi. Pentagonning o‘z qo‘shinlarini ta’minlash borasidagi shuhratparast loyihalarining qisqartirilishiga respublikachilar lom-mim deya olmaydilar, biroq Ukraina Qurolli kuchlariga harbiy yordamni qisqartirish haqida gap ketganda ular doim oldinda.
Buni Makkartining saylanish sharoitlari va bu saylov ortida turgan murosalar ham tasdiqlaydi. U 15 urinishda spiker bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi, chunki vaqti-vaqti bilan uning nomzodi talab qiladigan minimal ovozlarni ham to‘play olmagan. Bunaqasi AQShda bir yarim asrdan ko‘proq davrdan beri kuzatilmagan.
Sabab - Rossiya matbuotida ko‘pincha “radikal konservatorlar” va “tramparastlar” deb ataladigan yigirma nafar deputatning partiya ichidagi isoni. Umuman olganda, bu to‘g‘ri, biroq, noto‘g‘ri tasavvur ham uyg‘otadi.
Isonning muhim odamlari –Arizonadan Endi Biggs, Floridadan Mett Gets, Koloradodan Loren Bobert. Biggs “Ozodlik tarafdorlari” deputatlar alyansini boshqaradi. Va amerikancha nuqtayi nazardan olib qaraganda, bu o‘ta konservativ alyans. Biroq, konservatizm universal mafkura emas - u an’analar va o‘tmishga tayanadi. An’ana va tarix esa har bir mamlakatda turlicha. Ya’ni bu kongressmenlar asoschilarning libertarian ruhiga ishora qilgani uchun konservativdir va ularning iqtisodga qarashlari Yegor Gaydarnikidan ko‘ra liberalroq.
Makkartida ular “sotqinlik”ni o‘stirmoqda. Hisoblashlaricha, u mo‘’tadil – respublikachi markazchi, demokratlar bilan ham kelishuvlarga boradi, o‘z vatanini liberal gidraga topshiradi.
Ushbu barcha shubhali kongressmenlar chindan ham Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashgan. Ammo Trampning o‘zi Makkartini qo‘llab-quvvatladi, Gets va Bobertni boshqa nomzodlar uchun ovoz berishdan qaytarishga urinishlari muvaffaqiyatsiz kechdi.
Qo‘zg‘olonchilarning taktikasi o‘z safdoshlariga istalganiga ovoz berish, faqat “elita nomzodi”ning kerakli ovoz to‘plashiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lgan.
Ular Trampni ko‘ndira olishmagan, o‘zlari aytganlaridek. To‘g‘risini aytganda, ular sobiq prezident bilan emas, balki taxminiy kelajak bilan bog‘lanishi kerak – Florida gubernatori Ron DeSantis, Trampning bevosita raqobatchisi bo‘lishi mumkin. O‘ta “g‘alati”milliarder bu hikoyada qo‘shimcha rol o‘ynadi: u bu kurashni boshlamadi, urushni yakunlagan ham u emas edi.
Biroq, Makkarti buni uddaladi – ya’ni yuqorida aytilgandek, noma’lum murosalar yo‘li bilan. Taxminlarga ko‘ra, spiker uni chaqirib olish tartibini soddalashtirishga rozi bo‘lgan va oxirigacha qarshilik ko‘rsatgan Getsga mudofaa qo‘mitasi raisi lavozimini va’da qilgan.
Agar bu chindan ham shunday bo‘lgan bo‘lsa, unda tayinlov shov-shuv bo‘ladi. Liberallar allaqachon Gets va Bobertni yomonotliq qilishga kirishishgan (Bobert anchadan beri yirtqichga qiyoslangan). Masalan, yaqinda ularni Zelenskiy nutq so‘zlaganda uni tinglamaganlikda, balki telefonga tikilib o‘tirganlikda ayblashgan edi.
Ammo Zelenskiy ham xuddi Tramp kabi oddiy holat, xolos. Gets va Bobert bilan kurashib, liberallar birinchi navbatda Desantis bilan kurashishmoqda chunki ular Florida gubernatori shaxsiga nisbatan jiddiy murosasiz dalillar topa olishmadi (Gets ushbu shtat vakili, Bobert esa u yerda tug‘ilgan), ammo ular ko‘p harakat qilishgan edi.
Ushbu beshovlon (Tramp va Desantis ham) Ukrainaga xarajatlarni bir necha marotaba tanqid qilishgan edi. Ayniqsa eng ko‘p - “Ozodlik tarafdorlari”dagi hamkasblari bilan Ukrainaga yordam berishga qarshi ovoz bergan Gets edi. Bunday inson vakillar palatasining muhim qo‘mitasida Zelenskiy uchun umuman noqulay odam bo‘lishi mumkin, hatto u aslo gina saqlamasa ham (yana kim bilsin- bunday xudbinlik bilan albatta gina saqlashi kerak).
Ammo Kiyev uchun noxush bo‘lgan xabar, Moskva uchun xushxabar hisoblanadi. Bizning Amerika bilan mojarolarimiz rivoji hozir kongressdagi to‘qnashuvlarga emas, faqat va faqat rus qurolining maxsus harbiy operatsiya maydonidagi muvaffaqiyatiga bog‘liq.
Rossiya bilan to‘qnashuv va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash – bu Amerikada ikki partiyali siyosat. U yerda shakllangan tizimda yigirmatacha deputat qarshi chiqa olmaydi, hatto ulardan biri mudofaa bo‘yicha ko‘ngli nozik qo‘mitaga rahbarlik qilsa ham. Shu tizim bizning ko‘z oldimizda katta bir prezidentni sindirdi (“Moskva bilan til topishmoqchi” bo‘lgan o‘sha Trampni). Agar qandaydir ehtiyoj paydo bo‘lsa, Floridadan chiqqan kongressmen bilan ham masalani hal qilib bo‘ladi.
Umuman, ehtiyojning paydo bo‘lishi ham dargumon. Respublikachilarning manfaati UQK uchun kislorodni to‘sib qo‘yish emas, balki, birinchidan, demokratlarning bu ishinining samarasiz, isrofgarchilik ekanligini ko‘rsatish, ikkinchidan, Bayden, uning o‘g‘li va safdoshlariga qarshi kompromatlar topish.
Boshqacha aytganda, lend-lizga auditorni tayinlab qo‘yishadi, ammo auditdan so‘ng lend-liz samarasi kamayishi ham mutlaq fakt emas. Odatda bu teskari ishlaydi. Va aiditorlar Ukrainadek zimiston hudud bilan ish bo‘lganda kerak bo‘lib qoladi.
UQKga harbiy yordamning kamayishiga kelsak, bungacha ancha bor. 2023-yil budjetida Ukraina Qurolli kuchlari uchun 50 milliard dollardan ortiq mablag‘lar paketi allaqachon tasdiqlangan va 2024-yilgacha maxsus harbiy operatsiya zonasida ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin. Aniqrog‘i, u o‘zgaradi ham - o‘sha rus armiyasining kuchi bilan.
Rossiya haligacha faqat ikkita ittifoqchiga ega (shuningdek, dengiz floti), ammo spiker Makkartiga ishonish uchun hech qanday sabab yo‘q. U, shuningdek, Ukrainadagi mojaroga Amerikaning tikkan puli kattaligini tushunadi, Yevropa va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy urushning afzalliklarini ham ko‘radi va u mag‘lub bo‘lishni xohlamaydi.
Ammo bu Makkartining tayinlanishi biz uchun hech nimani anglatmaydi deyishga asos bo‘lmaydi. Bu baribir kongress uchun misli ko‘rilmagan hodisa – ya’ni spikerni 15 urinishda tayinlash.
AQSh misolida, bu ijtimoiy tarqoqlikning chuqurligi, siyosiy tizim inqirozi, qiyin o‘zgarishlar davrini ko‘rsatadi, hatto Makkarti o‘zgarishlarni xohlamasa va, qoida tariqasida, bunga qodir bo‘lmasa-da.
1860 yilda rekord ko‘rsatkich 44-urinishda saylangan Uilyam Peddingtonning ham o‘lganidan o‘ligi ortiq edi: hech nima bilan ajralib turmagan, umuman hech nimani o‘zgartirmagan, morfiyni ko‘p dozasidan vafot etgan va hozir uni hech kim eslamaydi.
Ammo u tinch va xotirjam davrlarning so‘nggi spikeri bo‘lib qoldi. Fuqarolik urushi uning izdoshi kelganda boshlangan edi.