Tennis: Nigina Abduraimova Avstraliya ochiq chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Nigina Abduraimova Avstraliya ochiq chempionati saralashining ilk bosqichida ispaniyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Nigina Abduraimova tennis bo‘yicha Avstraliya ochiq chempionatini g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Bugun Nigina Abduraimova chempionat saralashining ilk bosqichida ispaniyalik raqibasini mag‘lubiyatga uchratdi.
Bahs 1 soat 52 daqiqa davom etdi. Abduraimova birinchi setni 2:6 hisobida boy bergan bo‘lsa ham, o‘yinning qolgan qismini o‘z tashabbusi ostida o‘tkazdi va 6:3, 6:2 hisoblarida g‘alaba qozondi.
U ikkinchi bosqichni amerikalik Keti Volinesga qarshi o‘tkazadi. Ikkinchi davrada esa amerikalik Keti Kollinzga qarshi o‘ynaydi.
Ikkinchi davraga yo‘l olish orqali Nigina WTA reytingi uchun 20 ochko ishlab oldi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Abduraimova Slovakiyada bo‘lib o‘tgan tennis bo‘yicha ITF W60 turnirida ishtirok etgan edi. Sovrin jamg‘armasi 60 ming dollarni tashkil etgan ushbu turnirda Nigina 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.