TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Sanksiyalar Rossiyaga uzoq muddatli foyda keltiradi, aks holda biz bo‘shashib ketamiz, deb hisoblaydi iqtisodchi Valentin Katasonov.
“Sovuq urush davrida “temir parda” degan ibora paydo bo‘lgan edi. O‘sha temir pardani ham SSSR emas, aynan G‘arb davlatlarni SSSRni cheklab turish maqsadida joriy etgan. Umuman olganda, eng birinchi sanksiyalar G‘arb davlatlari tomonidan (ANTANTA) yangi tashkil etilgan Sovet Ittifoqiga nisbatan 1917-yildayoq kiritilgan. Bu Boltiq dengiz portlari orqali savdo qilishni taqiqlash bo‘lgan keyinchalik ular kengaytirilgan.
Sovet Ittifoqiga dastlab bu qiyin bo‘lgan, lekin keyinchalik bu juda yaxshi stimulga (rag‘batlantiruvchi omil) aylangan. Barcha kerakli sanoat mahsulotlarini mamlakat ichida ishlab chiqarish uchun kuchli stimul bo‘lgan. Natijada 1930-yilllarda industrializatsiya sodir bo‘lgan. Ya’ni mamlakat tezlashtirilgan sur’atda sanoat rivojlantirilgan, ixtisoslashgan sanoat shaharlari qurila boshlagan. Agar mana shu industrializatsiya bo‘lmaganida, kim biladi, biz Ikkinchi jahon urushida g‘olib bo‘la olardik yoki yo‘qmi...
Bugun Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar ham, albatta, bizning iqtisodimizni sog‘lomlashtirishga, tezroq rivojlanishga olib keladi. Aks holda biz yana bo‘shashib hammma narsani tashlab qo‘yishimiz mumkin. Shuni uchun men sanksiyalar yana biroz uzoqroq cho‘zilishini istagan bo‘lardim”, - deydi ekspert.
MGIMO professori iqtisodchi Valentin Katasonov bilan to‘liq intervyuni rus tilida tomosha qilishingiz mumkin.