TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Zarafshon milliy tabiat bog‘i va Surxon davlat qo‘riqxonasining ayrim hududlarida bahoriy gullar ochildi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.
Aytilishicha, yog‘ingarchilik va iliq havo sababli o‘simlik dunyosida vegetatsiya holati sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Surxondaryo viloyati Boysun tumani Panjob massivida olma tuplarida mavsumga xos bo‘lmagan davr uchun "erta kurtak yozish" hodisalari kuzatilgan edi. "Aldamchi bahor" ushbu olma daraxtlarida kurtak yozish davrini tezlashtirgan.