O‘zbekiston eng ko‘p Qozog‘iston va Rossiyaga qovun-tarvuz eksport qildi

Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 53,8 ming tonnaga ko‘paygan.
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 16 ta davlatga qiymati 33,2 mln dollarga teng bo‘lgan 135,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 53,8 ming tonnaga ko‘paygan.
O‘zbekiston 2022-yilning 11 oyida eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
• Qozog‘iston – 58,2 ming tonna;
• Rossiya – 28,1 ming tonna;
• Qirg‘iziston – 27,2 ming tonna;
• Tojikiston – 14,5 ming tonna;
• Latviya – 2,8 ming tonna;
• Belarus – 2,4 ming tonna;
• Germaniya – 868 tonna;
• Polsha – 684 tonna.