O‘tgan yili O‘zbekistonning MDH bilan o‘zaro tovar aylanmasi uchdan bir baravarga ko‘paydi

O‘zbekiston hozirgi paytda MDH doirasidagi hamkorlar bilan hamkorlikni siyosat va xavfsizlik, iqtisodiy va gumanitar sohalarda jadal rivojlantirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. 2022-yilda O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari bilan o‘zaro tovar aylanmasi uchdan bir baravarga ko‘paydi. Bu haqda Hamdo‘stlik ijroiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston hozirgi paytda MDH doirasidagi hamkorlar bilan hamkorlikni uch yo‘nalishda: siyosat va xavfsizlik, iqtisodiy va gumanitar sohalarda rivojlantirmoqda. To‘liq erkin savdo zonasini shakllantirish va MDH makonida transportning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash ustuvor vazifalardir,.
Ta’kidlanishicha, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, oziq-ovqat, energetika va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan milliy dastur va strategiyalarni amalga oshirishda sa’y-harakatlarni birlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Hamdo‘stlik faoliyatidagi ishtirokini kuchaytirgan. 40 dan ortiq ko‘p tomonlama shartnomalar imzolagan, shuningdek, MDHning 23 ta tarmoq organlariga a’zo bo‘lgan. 1000 dan ortiq qo‘shma korxona tashkil etilgan.