Jig‘ildon qaynashidan xalos bo‘lish uchun kurkumadan (zarcho‘va) tayyorlangan ichimlik ichish hamda to‘yib ovqatlangan so‘ng piyoda sayr qilish lozim, deydi shifokor Natali Giri.
Shifokorning aytishicha, odatda jig‘ildon qaynashi kislota reflyuks alomati hisoblanadi.
“Ovqatlangandan so‘ng sayr qilish kraxmal va lipidlarning hazm bo‘lishiga yordam beradi. Piyoda sayr ichaklar salomatligi, ovqat hazm qilishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, - deydi shifokor.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, aniq paytlarda ushbu noqulay holatni ichak disbakteriozi ham keltirib chiqarishi mumkin.
Shifokor jig‘ildon qaynashi bilan muammolarda kurkumadan (zarcho‘va) tayyorlangan ichimlik ham yordam berishini ma’lum qildi.
Kurkuma yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lib, bezovta ichakni tinchlantiradi, qorin shishishini oldini oladi, ovqat hazm qilishni meyorlashtiradi.