Aviatashuvchilarga ichki turizm uchun subsidiya ajratish muddati uzaytirildi

Aviatashuvchilarga ichki turizm, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mahalliy yo‘nalishlarda aviachipta narxining 25 foizi miqdorida subsidiya 2026-yil 1-yanvargacha ajratiladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda aviatashuvchilarga ichki turizm uchun subsidiya ajratish muddati uzaytirildi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlar xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, aviatashuvchilarga ichki turizm, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mahalliy yo‘nalishlarda aviachipta narxining 25 foizi miqdorida subsidiya 2026-yil 1-yanvargacha ajratiladi (ilgari 2022-yil 1-iyungacha edi).
Ma’lumot uchun, aviatashuvchilarga mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini qaytarish tartibi belgilangan.