AQSh Rossiyaga qarshi kurashida ahmoqona qadam tashlayotgan bo‘lishi mumkin – MRB sobiq xodimi

AQSh Ukrainada Rossiyaga qarshi kurashida juda ahmoqona qadam tashlayotgan bo‘lishi mumkin, deydi Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq maslahatchisi.
Sputnik
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. AQSh Ukrainada Rossiyaga qarshi kurashida juda ahmoqona qadam tashlayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq maslahatchisi Jeyms Rikards “Daily Reckoning” uchun maqolasida yozgan.
“Agar AQSh ahmoqlarcha Ukraina mag‘lubiyatini oldini olish uchun kuchayishda davom etsa, katta xavf paydo bo‘lishi mumkin. Men bu sodir bo‘lishini bashorat qilmayman, ammo vaziyat shu qadar keskinlashishi mumkinki, umidsizlikda taktik yadroviy qurollar qo‘llaniladi”, deyiladi xabarda.
Maqola muallifiga ko‘ra, Bayden hech qanday yon bermayapti va yaqinda Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qurol bilan ta’minlashini aytgan.
“Boshqa tomondan, Putin ham chekinmaydi”, deya qayd etadi Rikards.
Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq maslahatchisining fikricha, Rossiya so‘nggi oylarda taktikasini o‘zgartirdi.
“AQSh allaqachon Ukraina uchun shunchalik ko‘p pul sarflagan va Rossiyani to‘liq mag‘lub etishga shunchalik qattiq bel bog‘laganki, Rossiyaning g‘alabasi Afg‘onistondagi inqirozdan hanuz azob chekayotgan AQSh uchun navbatdagi strategik mag‘lubiyatni anglatadi”, deydi u.
Rossiya maxsus operatsiyasi fonida AQSh va uning ittifoqchilari Kiyev rejimiga milliardlab dollarlik qurol-yarog‘larni yuborishda davom etmoqda. Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini bir necha bor ta’kidlagan.