2022 yilda 90.57 mlrd so‘mlik dori vositalarining yaroqsizligi aniqlangan

O‘tgan yilda 271 turdagi 3 382 502 shartli o‘ram, umumiy qiymati 90.57 mlrd so‘m bo‘lgan dori vositalarining sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiqligi aniqlangan.
Sputnik
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. 2022-yilda umumiy qiymati 90.57 mlrd so‘m bo‘lgan dori vositalariga sertifikat berish rad etildi.
O‘zbekistondagi Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish organlariga bo‘lgan murojaatlar asosida 2022-yil davomida taqdim qilingan dori vositalari belgilangan tartibda sertfikatlashtirish uchun tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Tahlillar natijasiga ko‘ra, 24 ta davlatda jumladan, Avstriya, Argentina, Armaniston, Bangladesh, Belarus, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Ispaniya, Italiya, Makedoniya, Gollandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Shveysariya davlati hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 271 turdagi 3 382 502 shartli o‘ram, umumiy qiymati 90.57 mlrd so‘m bo‘lgan dori vositalari sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiqligi aniqlanib qo‘llash uchun yaroqsiz deb topilgan hamda sertifikatlashtirilishi rad etilib, mazkur sifatsiz dori vositalarining muomalaga chiqarilishini oldi olingan.
Avvalroq “Dok-1 MAKS” va “Ambronol” dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmagani ma’lum bo‘lgandi.