Si Szinpin navbatdagi “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammitini o‘tkazishni taklif qildi

Pekinda Xitoy va Turkmaniston yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) raisi Si Szinpin yaqin orada“Markaziy Osiyo – Xitoy” sammitining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Xitoy rahbari Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar chog‘ida ma’lum qildi.
Turkmanistan davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, Szinpin "Markaziy Osiyo – Xitoy" formati XXRning Markaziy Osiyo davlatlari bilan ochiq, shaffof, o‘zaro manfaatli, teng huquqli, biznes va samarali xususiyatga ega bo‘lgan yangi hamkorlik platformasi ekanligini ta’kidladi.
O‘tgan yil yanvarida Si Szinpin tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. U Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligiga bag‘ishlangan edi. Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ishtirok etgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 14-oktabr kuni Ostonada “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatlar yetakchilari hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdi.