TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Samarqand ko‘chalarida haydovchilar va piyodalarni hushorlikka chorlovchi videolar namoyish etilmoqda. Bu haqda Samarqand IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, shahar ko‘chalarida o‘rnatilgan monitorlarda ayanchli yo‘l-transport hodisalari aks etgan videolavhalar namoyish etish boshlandi. Bundan ko‘zlangan maqsad - yo‘l harakati ishtirokchilarini hushorlikka chorlash.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning o‘n oyi davomida mamlakatda 7 ming 636 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. Shundan 1 ming 931 tasi o‘lim bilan yakun topgan. Aynan yo‘l infratuzilmasi to‘g‘ri tashkil etilmagani oqibatida 3 ming 980 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.