Bu qiziq

Qo‘llarning doimiy sovuq qotishi xavflimi – shifokor javobi

Shifokorning aytishicha, agar ikki qo‘llarda turli harorat bo‘lsa, mutaxassisga murojaat qilish kerak
Sputnik
Terapevt, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksey Xuxrevning aytishicha, agar havo haroratining pasayishida qo‘llar sovuq bo‘lsa, bu normal holat.
Qo‘llarning harorati har bir inson organizmi individualligiga bog‘liq. Ba’zi insonlar ob-havoning eng oddiy o‘zgarishlariga ham ta’sirchan bo‘lishadi. Biroq, agar qo‘llar ikkisida ikki xil harorat bo‘lsa bu kasallik alomati bo‘lishi mumkin.
Bunda qo‘llar kutilmaganda sovuq qotadi, og‘riydi, hamda qo‘l rangi ham o‘zgarishi mumkin. Shifokorning aytishicha, bu Reyno sindromining (bu oyoq va qo‘llarning periferik tomirlari (asosan barmoqlar) shikastlanadigan patologiya. Qo‘llarda harorat, stress va boshqa omillarning o‘zgarishi bilan qo‘zg‘atilgan aniq spazm va qon aylanishining buzilishi) alomati bo‘lishi mumkin.
Ushbu holatda shifokorga murojaat qilish zarur.