TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Umumta’lim maktablarida ta’lim sharoitlari va tashkil etilishiga qo‘yiladigan sanitariya-epidemiologik talablariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabar berdi.
Haftalik o‘quv yuklamasining maksimal darajasiga bo‘lgan gigiyenik talablar quyidagicha belgilandi:
1-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi). 1-sinflar uchun dars soatlari 1 haftasiga 22 soatdan oshmasligi kerak.
2 – 4-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi);
5 – 9-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
10 – 11-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Qayd etilishicha, bir yil davomida o‘quv haftasi 1-sinflar uchun 33 hafta, 2 – 11-sinflar uchun 34 haftadan oshmasligi lozim.