Mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi

"Toshkent-Urganch-Toshkent" va "Toshkent — Termiz — Toshkent” yo‘nalishlariga qo‘shimcha qatnovlar qo‘yildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Harakatlar jadvali:
17 va 20-yanvar kunlari 156-sonli "Toshkent — Urganch" yo‘nalishi: Toshkent 00:05 — Urganch 14:23;
17 va 20-yanvar kunlari 155-sonli "Urganch — Toshkent" yo‘nalishi: Urganch 17:35 — Toshkent 06:54.
Shuningdek, “Toshkent — Termiz — Toshkent” yo‘nalishiga ham qo‘shimcha qatnovlar qo‘yildi.
Harakatlar jadvali:
16 va 18-yanvar kunlari 158-sonli “Toshkent — Termiz” yo‘nalishi: Toshkent 21:42 — Termiz 11:41;
17 va 19-yanvar kunlari 157-sonli “Termiz — Toshkent” yo‘nalishi: Termiz 15:10 — Toshkent 05:42.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi. O‘quv mashg‘ulotlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.